Konstitutsiya - baxtimiz qomusi

Bugun, 6-dekabr kuni Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabda Konstitutsiya qabul qilinganining 29 yilligi munosabati bilan “Konstitutsiya – baxtimiz qomusi” nomli bayram tadbiri tashkil etildi. 

Tadbirni Prezident ta'lim muassasalari agentligi rahbari Hilola Umarova ochib berdi:

- Har bir fuqaro o'z Konstitutsiyasini bilishi kelajakda unga qo'yayotgan har bir qadamida, ustuvor rejalarida yuqori natijalarga erishishiga katta yordam beradi. Fursatdan foydalanib, barchangizni bosh qomusimiz - O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 29 yilligi bilan chin qalbimdan tabriklayman. 

Tadbirdan o'rin olgan badiiy chiqishlar davomida o'quvchilar o'z mahoratlarini namoyish etdilar. Tadbir so'nggida O'zbekiston Respublikasi Milliy Gvardiyasi rahbariyati ishtirokida "Chavandozlik" harbiy sport to'garagining ochilish tadbiri bo'lib o'tdi.