#xalqaro_hamkorlik
Shayxontohur tuman ixtisoslashtirilgan maktabiga Koreya Respublikasining Jeollanam-do Taʼlim boshqarmasi delegatsiyasi tashrif buyurdi.
Delegatsiya tarkibida Koreyaning nufuzli maktablari rahbariyati vakillari, oʻqituvchilar ham boʻlib, maktabimiz bilan yaqindan tanishuv jarayonida mehmonlar oʻquvchilar uchun yaratilgan qulay sharoitlar, zamonaviy sinfxonalar va laboratoriyalarga yuqori baho berdi.
Tashrif doirasida maktab rahbariyati, oʻquv jamoasi va Jeollanam-do Taʼlim boshqarmasi direktorlar uyushmasi vakillari oʻrtasida oʻzaro muloqot tashkil etilib, taʼlim sohasida hamkorlik, oʻquvchilarning tanqidiy fikrlash koʻnikmalarini rivojlantirishga doir xorijiy tajriba, oʻqituvchilarning Koreya Respublikasida malakasini oshirishga doir qator masalalar yuzasidan fikr-takliflar almashildi.