Mirzo Ulug'bek nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab pedagog kadrlari uchun treninglar tashkil etildi

Ma'lumki, hozirda Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablar pedagog xodimlarining malakasini oshirish maqsadida treninglar tashkil etilmoqda. 

Jumladan, Agentlikning xorijlik mutaxassislari tomonidan Mirzo Ulug'bek nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabda pedagog-kadrlar uchun qiziqarli metodlar orqali dars berish mavzusida  trening mashg'ulotlari bo'lib o'tdi.

Mashg'ulotlar davomida o'quvchilarning guruhlar kesimida ishlashini rivojlantirish,  erkin fikrlash asosida yangiliklar yaratishga undash va o'quvchilar bilan yaqin aloqalarni yo'lga qo'ygan holda yangicha metodlarda darslar tashkil qilish masalalari yuzasidan amaliy ko'nikmalar berildi.