Navoiy shahridagi Prezident maktabi oʻquvchilari 100 foizlik xalqaro taʼlim grantlarini qoʻlga kiritdi.

✅ Navoiy shahridagi Prezident maktabining 11-sinf oʻquvchilari Shahzoda Niyozova hamda Mehrangiz Ahtamova Koreya Respublikasining KAIST (Korea Advanced Institute of Science and Technology) universitetiga toʻliq grant asosida oʻqishga qabul qilindi. 

📶 Maʼlumot oʻrnida, S.Niyozova IELTSdan 8 ball hamda SATdan 1520 ball,  M.Ahtamova IELTSdan 6 ball ko‘rsatkichlarini qoʻlga kiritgan. 

💫 Oʻquvchilarimizning kelgusidagi oʻqish va ishlarida omad tilaymiz!