NAVOIY VILOYATI: VAZIRLIKNING HUDUDIY BOSHQARMALARI RAHBARLIK LAVOZIMLARIGA SUHBATLAR DAVOM ETMOQDA

NAVOIY VILOYATI: VAZIRLIKNING HUDUDIY BOSHQARMALARI RAHBARLIK LAVOZIMLARIGA SUHBATLAR DAVOM ETMOQDA

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan Vazirlik hududiy boshqarmalarining rahbar lavozimlariga nomzodlar bilan suhbatlar tashkil etilayotganligi to‘g‘risida xabar berilgan edi

Ayni damda navbatdagi suhbat jarayonlari Navoiy viloyatida bo‘lib o‘tmoqda.

Ishchi guruh tomonidan suhbat jarayonida nomzodlarning:

  • rahbarlik, liderlik qobiliyatlari,
  • zamonaviy fikrlay olishi,
  • ta’lim sohasida qabul qilingan normativ hujjatlar to‘g‘risidagi bilimlari,
  • o‘quvchilarga zamonaviy shart-sharoitlarni yarata olish bo‘yicha malakasini sinovdan o‘tkazilmoqda.

Keyingi suhbat jarayonlari Buxoro viloyatida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.