ANDIJON SHAHRIDAGI PREZIDENT MAKTABIDA YANGI O'QUV YILI BOSHLANDI

Bugun, Prezident ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Andijon shahridagi Prezident maktabida yangi o'quv yiliga start berildi.

Tadbirda Agentlik rahbari Hilola Umarova so’zga chiqib, barchani yangi o'quv yili bilan tabrikladi:
- Avvalo ta’kidlab o’tishim kerak, ilm bilan birga har biringizning qalbingizda eng avvalo vatanparvarlik tuyg'usi bo’lsin. Zero Prezident maktablarida ta'lim olish sizlar uchun nafaqat imkoniyat, balki ulkan ma'suliyat ham demakdir.      

Tadbir davomida Andijon viloyati hokimi  Shuhratbek Abdurahmonov,  jamiyatning ilg'or vakillari so'zga chiqishdi va ta'lim sohasida yaratilayotgan shart-sharoitlar to'g'risida fikr bildirishdi.