OʻQUVCHILAR MOLIYAVIY SAVODXONLIGI OSHIRILMOQDA

#ixtisoslashtirilgan_maktablar
#moliyaviy_savodxonlik

Agentligimiz tizimidagi Ohangaron shahar ixtisoslashtirilgan maktab-internatini oʻquvchilari uchun Turonbank aksiyadorlik tijorat banki bosh ofisi hamda Toshkent shahar bank xizmatlari markaziga ekskursiya uyushtirildi.  

Mazkur sayohat doirasida bank mutaxassislari bilan davra suhbati ham tashkil etildi. Unda mamlakatimizda bank-moliya sohasida olib borilayotgan islohotlar mazmun-mohiyati, yoshlar uchun yaratilgan imtiyozlar, imkoniyatlar haqida batafsil maʼlumot berildi.  

Bu kabi tadbirlar yoshlarimizni kasbga yoʻnaltirish bilan birga, ularning moliyaviy savodxonligini oshirishga ham xizmat qiladi.