OʻQUVCHILAR OʻQISHINI KOʻCHIRISH YUZASIDAN EʼLON

#oʻquvchilar_oʻqishini_koʻchirish
#transfer_piima_uz

🔔 OTA-ONALAR DIQQATIGA!

 Agentlik tizimidagi ixtisoslashtirilgan maktablarda 2024/2025-o‘quv yilida oʻquvchilarning oʻqishini bir hududdan boshqa hududga ko‘chirishga zarurat tug‘ilayotgan bo‘lsa, Agentlikka ariza yuborishni yanada soddalashtirish, qoʻshimcha qulaylik yaratish maqsadida transfer.piima.uz platformasi ishlayotganini eslatib oʻtamiz.

📆 Arizalarni joriy yilning 10-sentyabr sanasidan Respublikamizning barcha hududlaridan turib mazkur platforma orqali Agentlikka tez va oson yuborishingiz mumkin. 

✅ Arizalar https://transfer.piima.uz/application manzili orqali qabul qilinishini ma’lum qilamiz.

📝Ariza topshirish jarayonlari quyidagicha:
➖O‘quvchining ota-onasi yoki ularning o‘rnini bosuvchi qonuniy vakilining familiyasi, ismi va otasining ismi, telefon raqami to‘liq kiritilishi;
➖arizaning qisqacha mazmuni (o‘qishini ko‘chirish sababi);
➖o‘quvchining familiyasi, ismi va otasining ismi, tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnomasining seriya va raqami, o‘qiyotgan maktabi, sinfi, yo‘nalishi, o‘qishini ko‘chirmoqchi bo‘lgan maktabi;
➖ko'chirishga asos bo'luvchi hujjat (PDF formatda) nusxasi yuklash talab etiladi.

❗️ESLAB QOLING!

✅Platforma orqali ariza yuborilganidan keyin avtomatik shaklda taqdim etiladigan KALIT SOʻZ saqlab qoʻyilishi kerak! Ushbu kalit soʻz yordamida arizangiz holatini tekshirib koʻrishingiz mumkin.

⚠️ Belgilangan hujjatlar arizaga ilova qilinmasa ariza rad etilishiga sabab boʻladi.