O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi hamda Jismoniy tarbiya va sport vazirligi hamkorligida «Chimgan Challenge» sport festivali o‘tkazildi. G'oliblar orasidan Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi xodimi ham o'rin olgan.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi hamda Jismoniy tarbiya va sport vazirligi hamkorligida 12-14 fevral kunlari Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumani Chimyon qishlog‘ida anʼanaviy «Chimgan Challenge» sport festivali o‘tkazildi.O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi hamda Jismoniy tarbiya va sport vazirligi hamkorligida 12-14 fevral kunlari Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumani Chimyon qishlog‘ida anʼanaviy «Chimgan Challenge» sport festivali o‘tkazildi.

Unda mamlakatimizdagi vazirlik va idoralar hamda hokimliklarning sport targ‘ibotchilari basketbol, voleybol, badminton, mini-futbol, tog‘ chang‘isi hamda snoubord bo‘yicha o‘zaro musobaqalashdilar. Festivalni o‘tkazishdan asosiy maqsad – davlat organlari va tashkilotlarining sport targ‘ibotchilari orasida jismoniy tarbiya va sport bilan muntazam shug‘ullanishni keng targ‘ib qilish, bu orqali ular ishlayotgan tashkilotlarda sog‘lom turmush tarzini ommalashtirish orqali sport musobaqalarini muntazam o‘tkazish va xodimlari o‘rtasida sport bilan doimiy shug‘ullanishga sharoitlar yaratish.

Shu maqsadda ishtirokchilar uchun o‘quv seminar-trening ham o‘tkazildi.

Sport festivalida respublikamizning barcha sport targ‘ibotchilari qatorida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligidan mini-futbol sporti bo‘yicha musobaqada Oybek Sobirjonov ham ishtirok etdi.

Quvonarlisi, musobaqada ishtirok etgan xodimimiz “Universal” futbol jamoasida to‘p surib, uchinchi o‘rinni egalladi. “Universal” jamoasi barcha aʼzolariga diplom, bronza medali va qimmatbaho sovg‘a topshirildi.

Agentlik xodimlari Oybek Sobirjonovni ushbu g‘alaba bilan samimiy tabriklaydi va bunday sovrinli natijalar bardavom bo‘lishini tilab qoladi.