O‘zbekistonning Italiyadagi favqulodda va muxtor elchisi Agentlikda

Bugun, 10-dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasining Italiya davlatidagi favqulodda va muxtor elchisi Otabek Akbarov Prezident ta'lim muassasalari agentligida bo‘lib, Agentlik faoliyati bilan tanishdi va ikki tomonlama hamkorlik masalalari muhokama qilindi. 

Shuningdek, elchixona tomonidan Agentlik tizimidagi Namangan va Jizzax Prezident maktablariga ingliz tilidagi kitoblar taqdim etildi.

Shu kunning o‘zida, Italiyaning "Global Action" nodavlat tashkiloti vise-prezidenti Perfranchesko Torrizi bilan videokonferensiya ham bo‘lib o‘tdi. Unda "Global Action" tashkilotining faoliyati haqida ma'lumot berilib, o‘zaro manfaatli loyihalar muhokama qilindi.

Ma'lumot o‘rnida,  "Global Action"  maktab o‘quvchilari uchun diplomatiya, BMT va barqaror rivojlanish sohasida xalqaro ta'lim dasturlarini ishlab chiqadi. Tashkilotning asosiy loyihasi  “Diplomatiya ta'limi” (Diplomacy Education) o‘quv dasturi hisoblanadi.