O'zbekistonning xorijdagi Diplomatik vakolatxonalari rahbarlari Agentlikda

Joriy yilning 10 sentyabr kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan axborot texnologiyalari sohasida salohiyatli kadrlar tayyorlash va iqtidorli yoshlar bilan tizimli ishlash masalalari muhokamasi yuzasidan o‘tkazilgan videoselektorda bir qator vazifalar, jumladan, xorijiy davlat elchilarining Prezident maktablari faoliyatini samarali yuritishga, xorijiy ilg‘or tajribalarni joriy etishga shaxsan mas'ulligi belgilab qo‘yilgan edi.

Shu munosabat bilan, bugun, 22-dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasinining xorijdagi diplomatik vakolatxonalar rahbarlari Prezident ta'lim muassasalari agentligiga tashrif buyurishdi.

Tashrif avvalida, Agentlik vakillari tomonidan mehmonlar uchun Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashgan maktab bo'ylab campus tur tashkil etildi. Shundan so'ng Agentlik va Agentlik tasarrufidagi ta'lim muassasalari faoliyati haqida taqdimot namoyish etildi. 

Uchrashuv yakunida, tomonlar o'zaro hamkorlik istiqbollarini muhokama qilishdi.