O'zMUda Erkin Vohidov stipendiyasi joriy etiladi

 

Oʻzbekiston Milliy universitetida Oʻzbekiston qahramoni, Oʻzbekiston xalq shoiri Erkin Vohidov ijodiga bagʻishlangan onlayn ijodiy muloqot boʻlib oʻtdi.

Davra suhbatida Margʻilon shahridagi Erkin Vohidov nomidagi maktab-internat oʻquvchilari ham ishtirok etishdi. Oʻzlarining ijod namunalaridan oʻqib berishdi.

Onlayn muloqotda Oʻzbekiston Milliy universiteti rektori, professor Avazjon Marahimov, Anqaradagi Hoji bayram universiteti professori Vali Savashbey Yilok, shoir, yozuvchilar, adabiyotshunos olimlar- Hamidulla Boltaboyev, Nasimxon Rahmonov, Margʻilon shahridagi Erkin Vohidov nomidagi maktab internat direktori Nigora Mannopova va yosh ijodkorlar shoir ijodining oʻziga xos xususiyatlari haqida fikr-mulohaza bildirishdi.

OʻzMUda yaqin kunlarda Erkin Vohidov nomli ilmiy-maʼrifiy markaz ish boshlaydi.

Rektor Erkin Vohidov nomidagi maktab-internatida tahsil olayotgan oʻquvchilarning Milliy universitetda tahsil olishlari uchun imtiyozlar qilinishi, ular uchun universitet tomonidan maxsus stipendiyalar joriy etilishini bildirdi.