PREZIDENT MAKTABLARI BITIRUVCHI O'QUVCHILARINING QASAMYODI!

Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Prezident maktabi o'quvchilari bugungi bitiruv oqshomida qasamyod qilishdi:

— Biz, Prezident maktablari bitiruvchilari, ulugʼ bobolarimiz – Buxoriy-u, Xorazmiy, Samarqandiy-u, Nasafiy, Termiziy-u, Fargʼoniy, Temuriy-u, jadid bobolarimizga munosib avlod boʼlishga;

✅ ulardan meros boʼlib qolgan halollik va ona Vatanga sadoqatni shior qilib, olgan bilimimiz, kuchimizni yurtimiz ravnaqiga sarflashga;

✅ iymon-eʼtiqodimizdan toymay, sogʼlom fikrli, yuksak maʼnaviyatli, vatanparvar mutaxassis boʼlishga;

✅ Vatanimiz qudratini mustahkamlashga, Yangi Oʼzbekistonda Uchinchi Rennesans poydevorini qurishga va Vatanimizning xalqaro maydondagi obroʼ-eʼtiborini yanada yuksaltirishga;

✅ Prezidentimning, ota-onamning, xalqimning, ustozlarimning menga bildirgan ishonchini oqlashga
QАSАMYOD QILАMIZ!