Prezident maktablari bitiruvchilari uchun tashkil etilgan madaniy tadbirlar doirasida o'quvchilar O'zbekiston Yozuvchilar uyushmasi muzeyida bo'lishdi

Prezident maktablari bitiruvchilari uchun tashkil etilgan madaniy tadbirlar doirasida o'quvchilar O'zbekiston Yozuvchilar uyushmasi muzeyida bo'lishdi. 

Tashrif davomida o'quvchilar atoqli adiblar hayot yo'li va ular tomonidan yaratilgan asarlar bilan tanishishdi. 

Bundan tashqari, o'quvchilar uchun Adiblar xiyoboni bo'ylab ekskursiya tashkil etildi. 
______
Ma'lumot uchun, joriy yilda Toshkent shahridagi Prezident maktabida 24 nafar, Xiva shahridagi Prezident maktabida 24 nafar, Namangan shahridagi Prezident maktabida 22 nafar va Nukus shahridagi Prezident maktabida 22 nafar bitiruvchi o‘qishni bitirdi.