PREZIDENT MAKTABLARI FAOLIYATINI TAHLIL QILISHNING OFFLAYN QISMI O'Z NIHOYASIGA YETDI

Xabar berganimizdek, 1 hafta davomida Angliyaning Cambridge University Press&Assessment tashkilotining Bosh tadqiqotchi menejeri Brigita Seguis va tashkilot vakili Nisreen Ash tomonidan Prezident maktablari faoliyati tahlil qilindi.

Ular  Toshkent, Nukus va Xiva shaharlaridagi Prezident maktablarida bo'lishdi.

Tashkilot vakillari tomonidan Prezident maktablari faoliyati, integratsiyalashtirilgan ta'lim dasturi, dars jarayonlari o'rganildi. 

❗️Tadqiqotlarning offlayn qismi muvaffaqiyatli yakunlandi. Endigi so'rovnomalar, shuningdek mahalliy va xorijiy mutaxassislar, o'quvchilar va ularning ota-onalari bilan suhbat onlayn platformada davom ettiriladi.

⚡️Mazkur tadqiqot ishi davomida, shuningdek Prezident maktablari loyihasining ta'lim tizimiga ta'siri o'rganiladi.