Prezident maktablari oʻquvchilarning bitiruv oqshomi boʻlib oʻtmoqda

Ayni damda Nukus,  Xiva, Namangan va Toshkent  shahridagi Prezident maktablari oʻquvchilarning bitiruv oqshomi boʻlib oʻtmoqda. 

Ushbu bitiruv oqshomida Prezident taʼlim muassasalari agentligi rahbari Hilola Umarova, Cambridge Assessment International Education tashkilotining Ta'lim yo'nalishi boʻyicha bosh maslahatchisi Steve King ishtirok etdi va oʻquvchilarga katta hayot yo’lida oq yoʻl tilashdi. 

Bitiruv kechasi tadbirida Prezident maktablarining bitiruvchilari sertifikatlar bilan taqdirlanishdi.

Eslatib oʻtamiz, bu yil Nukus, Xiva, Namangan hamda Toshkent Prezident maktablarini 92 nafar oʻquvchi bitirmoqda.