Prezident maktablarida III chorak jarayonlari boshlandi

Prezident maktablarida III chorak jarayonlari boshlandi

Namangan shahridagi Prezident maktabi o‘quvchilari  III chorakni jo‘shqin va zavqli   Zakovat-Quiz loyihasi bilan boshladilar.

Loyihaning bu galgi soni  maktabning avvalgi yilgi bitiruvchilari tomonidan tashkil etildi. G‘oliblarga tashkilotchi o‘quvchilarning esdalik sovg‘alari topshirildi.

Sobiq o‘quvchilarning tashrifi va suhbatlari maktab jamoasi tomonidan iliq kutib olindi. III chorakning ilk kuni chinakam diydor bayrami bo‘ldi.