Prezident maktablarining 1-bosqich saralash imtihon natijalari e’lon qilindi!

Joriy yilning 1-iyul kuni o‘tkazilgan Prezident maktablarining 1-bosqich imtihon natijalari e’lon qilindi.

Imtihon natijalarini portal.piima.uz saytining “Qabul 2022” bo‘limi “Natijalar” oynasining “Prezident maktablari natijalari” bo‘limidan ID raqamingizni kiritish orqali aniqlashingiz mumkin.

SARALASH IMTIHON NATIJALARINI QIDIRISH TARTIBI

1.      Talabgor topshirgan hududi bo‘yicha belgilangan *.pdf faylni oching.

2.      Nomzodning natijasini bilish uchun qidirish tugmasini bosib (Ctrl+F), sizga taqdim etilgan maxsus ID raqamini tering va Enter tugmasini bosing.

3.      Saralash bosqich imtihonlariga o‘tgan nomzodlar – jadvalning yuqori qismida ko‘k rangda belgilangan bo‘ladi.

4.      Saralash bosqich imtihonlariga o‘ta olmagan nomzodlar esa – oq rang bilan belgilangan bo‘ladi.

E’lon qilinadigan natijalar namunasi taqdim etilmoqda:

Ushbu ko‘rsatilgan ro‘yxat NAMUNA ekanligini unutmang!

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 25-iyun 526-sonli qarorining “Prezident maktablari to‘g‘risidagi Nizom” 41-bandiga asosan, Prezident maktablariga kirish imtihonlari natijalarini tekshirish va talabgorlarning javoblari natijalarini baholash, ta’lim sohasida faoliyat yurituvchi xorijiy tashkilot - Cambridge Assessment International Education tomonidan amalga oshiriladi.

Saralash natijalar anonim tarzda e’lon qilinadi. Nomzodning shaxsiy ma’lumotlari ko‘rsatilmaydi.

Asosiy imtihonlar avgust oyida o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Yakuniy bosqichga saralash bosqich imtihonida qatnashgan nomzoddan 6720 nafari, ya’ni qabul kvotasida belgilangan har bir o‘ringa 20 kishi hisobidan talabgorlar yo‘llanma oladi.

Shuningdek saralash natijalarni ushbu havola orqali ham tekshirishingiz mumkin: https://www.admissionstesting.org/campaigns/pre-selection-results-rqvqka5xqk/