Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimida yangi tashkil etilgan ixtisoslashtirilgan maktab va maktab internatlarga  pedagog-kadrlarni saralab olish tanlovining ikkinchi - test bosqichi bo‘lib o‘tmoqda

Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimida yangi tashkil etilgan ixtisoslashtirilgan maktab va maktab internatlarga  pedagog-kadrlarni saralab olish tanlovining ikkinchi - test bosqichi bo‘lib o‘tmoqda.

Test sinovlari zarur shart-sharoitlar yaratilgan, zamonaviy axborot kommunikasiya texnologiyalari bilan jihozlangan binolarda o‘tkazilmoqda.

Har bir viloyatga Agentlik vakillari biriktirilgan, test sinovlarining samarali va shaffof o‘tishini kuzatish maqsadida Buxoro shahrida bo‘lib o‘tayotgan imtihonlarda Agentlik direktori Hilola Umarova ham ishtirok etmoqda.