Prezident taʼlim muassasalari agentligi tizimida yangi tashkil etilgan ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarga pedagoglarni saralab olish tanlovining ikkinchi bosqichi bo‘lib o‘tmoqda. 

Prezident taʼlim muassasalari agentligi tizimida yangi tashkil etilgan ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarga pedagoglarni saralab olish tanlovining ikkinchi bosqichi bo‘lib o‘tmoqda. 

Bugun barcha hududlarda test sinovlarining birinchi kuni bo‘lib, matematika fani o‘qituvchilari qatnashishmoqda. 

Test jarayonlari kompyuter orqali bo‘lib o‘tib, javoblar shu vaqtning o‘zida ekranda namoyish etildi.

Testdan chiqqan o‘qituvchilarning fikrlari bilan ham qiziqdik:

– Testlar qiyin ammo qiziq tuzilgan ekan. Test jarayonlari shaffof va adolatli o‘tdi. Tashkilotchilar tomonidan nazorat kuchli edi. Hech kim qo‘shimcha narsadan foydalanmadi. Shu sabab ham eng yaxshi o‘qituvchilar saralanishiga aminman, – deydi Ravshan Aliqulov.  

📌Eslatib o‘tamiz, test jarayonlari fanlar kesimida 18 iyunga qadar davom etadi.