Prezident taʼlim muassasalari agentligi tizimida yangi tashkil etilgan ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarga pedagoglarni saralab olish tanlovining ikkinchi bosqichi bo‘lib o‘tmoqda

Prezident taʼlim muassasalari agentligi tizimida yangi tashkil etilgan ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarga pedagoglarni saralab olish tanlovining ikkinchi bosqichi bo‘lib o‘tmoqda. 

Bugun barcha hududlarda test sinovlarining ikkinchi kuni – unda ona tili fani o‘qituvchilari qatnashmoqda. 

Test jarayonlari kompyuter orqali bo‘lib, javoblar shu vaqtning o‘zida ekranda namoyish etiladi.

Eslatib o‘tamiz, test jarayonlari fanlar kesimida 18-iyunga qadar davom etadi.