Prezident taʼlim muassasalari agentligi tizimida yangi tashkil etilgan maktab va maktab-internatlarga pedagoglarni saralab olish tanlovining uchinchi - suhbat jarayoni bo'lib o'tmoqda

Xabar berganimizdek, Prezident taʼlim muassasalari agentligi tizimida yangi tashkil etilgan maktab va maktab-internatlarga pedagoglarni saralab olish tanlovining uchinchi - suhbat jarayoni bo'lib o'tmoqda. 

Suhbat jarayonlari panel (panel interview) uslubida tashkil etilgan bo'lib, unda bir vaqtning o'zida bir necha nafar talabgorlar suhbatda ishtirok etishadi. Mazkur metod suhbat jarayonlarining shaffof o'tishiga yordam beradi.

❗️Suhbat jarayonida o'qituvchining faoliyati, dars o'tish amaliyoti, ta'lim jarayoniga metodik yondashuvi kabi mavzularda bormoqda. 
___
✔️Fotolavhalarda Qarshi va Termiz shaharlaridagi suhbat jarayonlari aks etgan.