QABUL MUDDATI UZAYTIRILDI

Abituriyentlar diqqatiga!

Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Prezident universitetida o'qish istagini bildirgan abituriyentlarimizning talab va istaklarini inobatga olgan holda...

📣 QABUL jarayonlari MUDDATI UZAYTIRILDI.

📲 Hujjatlar qabuli shu yilning 30-IYUN kuniga qadar DAVOM ETADI.

Sizdan quyidagi hujjatlar talab qilinadi:👇

📰Pasport yoki ID karta elektron nusxasi
📁Umumiy o‘rta ta'limni bitirganligi to‘g‘risidagi shahodatnoma yoki kollej / litsey diplomi (agar abituriyent hali ushbu hujjatni olmagan bo‘lsa, o‘rta ta'lim muassasasini bitiruvchisi ekanligi haqida ma'lumotnoma) 
🔖 IELTS 5.5 (Sanoat boshqaruvi yo'nalishi uchun 6.0) yoki 
🔖 TOEFL iBT 46 (Sanoat boshqaruvi yo'nalishi uchun 60) va undan yuqori ballni ko‘rsatuvchi original SERTIFIKATIning elektron nusxasi (ushbu sertifikat haqiqiy ekanligi tekshiriladi);
📷 Oxirgi 3 oy ichida olingan 3*4 RASM

🏃 Arizalar joriy yilning 30-IYUN kuniga qadar https://admissions.newuu.uz/ sayti orqali qabul qilinadi.