"Qadring baland bo'lsin,ona tilim" nomli tanlov yakunlandi

Prezident ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi ta’lim muassasalari o‘quvchi-yoshlari o‘rtasida 21-oktabr – O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganligining 32 yilligi munosabati bilan “Qadring baland bo‘lsin, ona tilim” shiori ostida o‘tkazilgan ijodiy ishlar tanlovi yakuniga yetdi. Nizom talablariga muvofiq, joriy yilning 19-oktabriga qadar tizimdagi ta’lim muassasalaridan 1-bosqichda g‘olib deb topilgan ijodiy ishlar – 14 ta insho, 8 ta she’r hamda 3 ta maqola Agentlikka tanlovning 2-bosqichida ishtirok etish uchun kelib tushgan va Hakamlar hay’atiga taqdim etilgan.
Tanlov natijalariga ko‘ra, 
1-yo‘nalish - “Ona tilim - faxrim mening” mavzusidagi insholar tanlovida: 
1-o‘rin – Is'hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi 8-sinf o‘quvchisi Shoira Abdumalikova;
2-o‘rin – Hamid Olimjon nomidagi ijod maktabi 8-sinf o‘quvchisi Hilola Ziyatova;
3-o‘rin – Ogahiy nomidagi ijod maktabi 7-sinf o‘quvchisi Sarvinoz Boltayeva;
2-yo‘nalish - “Ona tili-millat ruhidir” mavzusidagi maqolalar tanlovida:
1-o‘rin – Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabi 10-sinf o‘quvchisi Laylo Eshqulova;
2-o‘rin – Ibrayim Yusupov nomidagi ijod maktabi 9-sinf o‘quvchisi Aynura Ernazarova;
3-o‘rin – Xiva shahridagi Prezident maktabi 10-sinf o‘quvchisi Sevinchoy Oqiyeva;
3-yo‘nalish – “Qadring baland bo‘lsin, ona tilim” mavzusidagi she’rlar tanlovida: 
1-o‘rin – Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining 11-sinf o‘quvchisi Bobomurod Sa’dullayevning “Ona tilim” mavzusidagi she’ri uchun;
2-o‘rin – Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabining 7-sinf o‘quvchisi Jasmina Komilovaning “Qadring baland bo‘lsin, ey ona tilim!” mavzusidagi she’ri uchun;
3-o‘rin – Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabining 10-sinf o‘quvchisi Nasiba Boshmonovaning “Ona tilim..!” mavzusidagi she’ri uchun loyiq deb topildi. 
Tanlovni o‘tkazishdan maqsad – o‘zbek tilining davlat tili sifatida targ‘ib qilish, unga nisbatan milliy g‘urur hissini tarbiyalash, tilimizning xalqaro mavqeyini mustahkamlash, davlat tiliga oid muammolarni hal etishda ijodiy yondashuvni rivojlantirish, shu bilan birga, ijodkor va iste’dodli o‘quvchilarni aniqlash, ularni qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish, yoshlarga vatanparvarlik, millatparvarlik va buyuk qadriyatlarimizga hurmat tuyg‘usini shakllantirish, o‘quvchilarning ma’naviy dunyosini milliy va umuminsoniy g‘oyalar bilan boyitish, o‘zbek adabiyoti hamda milliy madaniyatimizni rivojlantirishdan iborat etib belgilangan.