“RAQAMLI AVLOD” IT OROMGOHIGA START BERILDI! 

Prezident ta'lim muassasalari agentligi,  “Zamin” Xalqaro jamoat fondi va “Digital Generation Uzbekistan” NNT bilan hamkorlikda "Raqamli avlod" IT oromgohi o'z faoliyatini boshladi. 

IT oromgohda Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari, eshitishda nuqsoni bor yoshlar, Agentlik tizimidagi maktab o'quvchilari hamda IT va media sohasiga qiziquvchi yoshlar uchun onlayn va offlayn darslar olib borilmoqda.

Shuningdek, mazkur IT tadbiri doirasida eshitishida nuqsoni bo‘lgan bolalar maktab-internatlarining informatika fani o‘qituvchilari uchun mahorat darslari tashkil etildi. 

Ishtirokchilar darslar davomida Web-dasturlash, .NET dasturlash, 2D dizayn, raqamli media va marketing, robototexnika kabi yo‘nalishlarda o'z bilimlarini mustahkamlash imkoniyatiga ega bo'lIshadi.

IT oromgohda ishtirok etish uchun 3000 dan ortiq yoshlar ro'yxatdan o'tgan va darslarni onlayn kuzatib borishmoqda. Oromgoh 8-yanvargacha davom etadi.