“Renessans” sogʻlomlashtirish oromgohining logotipini yaratish boʻyicha ijodiy tanlov eʼlon qilinadi!

Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tomonidan tizimdagi oʻqituvchilar va oʻquvchilar uchun “Renessans” sogʻlomlashtirish oromgohining logotipini yaratish boʻyicha ijodiy tanlov eʼlon qilinadi!

Unda Prezident maktablari, Ixtisoslashtirilgan maktab va maktab internatlar, ijod maktablari oʻqituvchilari va oʻquvchilari hamda “Yangi Oʻzbekiston” universitetining talabalari ishtirok etishlari mumkin.

Tanlov shartlari:

✔️ Logotip “Renessans” sogʻlomlashtirish oromgohi faoliyati mohiyatini yoritib beruvchi ramziy xususiyatlarga, betakror badiiy yechimga, badiiy gʻoyaning izchilligiga ega boʻlishi;
✔️Oromgoh faoliyati yoʻnalishlariga mosligi, logotip iqtidorli yoshlar, sanʼat, sport, ilm-fan, mazmunli dam olish va sogʻlomlashtirishni ifodalashi, “Renessans” yozuvi boʻlishi, shuningdek, renessansni aks ettirishi;
✔️Logotipda davlat ramzlari shakllari hamda tasvirlaridan foydalanish mumkin emas;
✔️Logotipning qismlari yoki boshqa oromgohlarga tegishli logotiplar yoki dizaynning elementlari yoki qismlari boʻlmasligi zarur va tanlov oʻtkazilguniga qadar biror joyda namoyish etilmagan boʻlishi shart.

Ishlab chiqilgan logotip loyihalari 2023-yil 20-fevral soat 18:00 ga qadar q.axmedov@piima.uz elektron manziliga yuborilishi lozim.

Qo'shimcha ma'lumot uchun quyidagi telefon raqamiga murojaat qilishingiz mumkin: 71 207 20 17 (292).

Ijodiy tanlov natijalariga koʻra birinchi oʻrinni egallagan ishtirokchi Agentlikning estalik sovgʻasi bilan taqdirlanadi.