Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Samarqand shahridagi Prezident maktabida “Ochiq eshiklar kuni” bo‘lib o‘tdi.
Unda maktabning 5-6-7-8-sinf o‘quvchilarining ota-onalari ishtirok etishdi.
Uchrashuv davomida ota-onalarga muassasada o‘quvchilar uchun yaratilgan sharoitlar, ta’lim jarayonlari hamda istiqboldagi rejalar haqida batafsil ma’lumotlar berildi.
Uchrashuv davomida ota-onalar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javoblar olishdi.