Amaliy-seminar o'tkazildi

Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi hamda Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi hamkorligida amaliy-seminar tashkil etildi.

Mazkur seminarda “El-yurt umidi” jamg‘armasi tomonidan  e’lon qilingan mutaxassisliklar kesimida 350 o‘ringa mo‘ljallangan ochiq stependiya tanlovi haqida batafsil tushuntirildi. 

Muhammad Al-Xorazmiy axborot texnologiyalari maktabida yig‘ilgan  o‘quvchilar va zoom orqali seminarda qatnashganlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi. 

O‘quvchilarni ushbu tanlovga jalb etish va yo‘naltirish maqsadida tashkil etilgan ushbu seminar orqali  o‘quvchilar “El-yurt umidi” stipendiyasi sohibi bo‘lish afzalliklaridan xabardor bo‘lishdi. Xususan: 

-Jamg‘arma stependiya sohiblaridan doimo xabardor bo‘lib turadi, ularga kerakli o‘rinlarda yordam beradi.

 -Stipendiya sohiblari o‘qishini bitirib qaytganda O‘zbekistonda ish kafolatlanadi, shuningdek, ular kadrlar zahirasida bo’lish imkoniyatini qo‘lga kiritishadi.

-Stipendiya sohibi uchun Block account ochiladi, shu bilan birga sug‘urta to‘lovlari ham qoplab beriladi.

Ma’lumot o‘rnida aytib o‘tamiz, Jamg‘arma  tomonidan 2021-2022- o‘quv yili uchun eng nufuzli xorijiy davlatlarda:

-Bakalavriat ta’lim dasturi uchun 100 nafar,

-Magistratura ta’lim dasturi uchun 150 nafar,

-Doktorantura ta’lim dasturi uchun 100 nafar  ajratilishi ma’lum qilingan.