So‘ragan edingiz

 

Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi maktablarga ariza.piima.uz sayti orqali o'qishga hujjat topshirilganda talabgordan so'raladigan identifikatsiya raqami nima?
✅Identifikatsiya raqami - Agentlik tizimidagi maktablarga o'qishga hujjat topshirgan shaxslarning telefoniga sms tarzida yuboriladigan raqam bo'lib, ushbu raqam orqali nomzod platformaga kira oladi va hujjatlar to'g'risida ma'lumotga ega bo'ladi. 

Ijod maktablari bitiruvchilari uchun qanday imtiyoz beriladi?
✅Agentlik tizimidagi ijod maktablarining bitiruvchilari ixtisoslik yo'nalishidan kelib chiqib, davlat oliy ta'lim tashkilotlarining tilshunoslik, adabiyot, pedagogika, tarjimonlik, jurnalistika sohalari uchun kadrlar tayyorlaydian bakalavriat ta'lim yo'nalishlariga umumiy belgilangan qabul parametrlaridan tashqari bazaviy to'lov-kontrakt asosida imtiyozli o'qishga qabul qilinadi.

📞Call-markaz: 1206