So‘ragan edingiz

Farzandim chet elda tug'ilgan va o’sha yerda tug'ilganlik to'g'risidagi guvohnoma olgan. Men va otasi O’zbekiston Respublikasi fuqarosimiz. Farzandim hozirda O'zbekistondagi maktabda tahsil olmoqda. U Prezident maktabiga o'qishga hujjat topshira oladimi?

Ha, topshira oladi. Bunda talabgordan hujjat topshirayotganda o'quvchi shaxsini tasdiqlovchi hujjat turi bo'limidan "Chet elda olingan tug'ilganlik haqida guvohnoma"ni tanlashi talab etiladi.