Turkiy davlatlar tashkiloti Bosh kotibi Toshkent shahridagi Prezident maktabiga tashrif buyurdi

Turkiy davlatlar tashkiloti Bosh kotibi Kubanichbek Omuraliyev Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Toshkent shahridagi Prezident maktabiga tashrif buyurdi. 

Kubanichbek Omuraliyev Prezident maktablari loyihasi hamda bu yerda tahsil olayotgan yoshlar erishgan yutuqlarni alohida e'tirof etdi. 

Uchrashuv davomida mehmonlar uchun maktab hududi bo'ylab kampus-tur tashkil etildi va yaratilgan sharoitlar bilan tanishtirildi.