Xalqaro hamkorlik masalalari muhokama qilindi

Bugun, 14-oktabr kuni Hindistonning O'zbekistondagi favqulotda va muxtor elchisi Manish Prabhat va ikkinchi kotib Aditi Walunch  Prezident ta'lim muassasalari agentligida bo'lib, Agentlik faoliyati bilan tanishdi. Mehmonlarga Investitsiya va tashqi savdo vazirligi vakillari hamrohlik qilishdi.

Uchrashuv davomida tomonlar ikki tomonlama hamkorlik aloqalari, xususan Agentlik tasarrufidagi maktablarga grantlar ajratish, mazkur maktablarda maxsus laboratoriyalar faoliyatini yo'lga qo'yishda ko'maklashish, o'zaro almashinuv dasturlari hamda Hindistondan malakali kadrlarni jalb qilish masalalarini muhokama qildilar.

Tashrif so'ngida mehmonlarga Agentlik tizimidagi Muhammad al-Xorazmiy maktabiga ekskursiya tashkil etilib, maktab faoliyati hamda yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishtirildi.