XALQARO SAT IMTIHONLARI UCHUN RO‘YXATDAN O‘TISH BOSHLANDI!
Endi mazkur imtihonlar Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Pedagogik mahorat va xalqaro baholash ilmiy-amaliy markazi tomonidan tashkil etiladi.
Ayni damda Toshkent, Jizzax va Andijon shaharlaridagi Prezident maktablari SAT imtihonlarini o‘tkazuvchi markaz sifatida faoliyat olib bormoqda.
Imtihonlar uchun onlayn arizalarni https://satsuite.collegeboard.org/digital sayti orqali to‘ldirishingiz mumkin.
XALQARO SAT IMTIHONLARI FAQAT PREZIDENT MAKTABLARI UCHUN EMAS, BALKI BUTUN DUNYODAGI BARCHA TALABGORLAR RO‘YXATDAN O‘TISHLARI MUMKIN.
Ro‘yxatdan o‘tish 10-FEVRALga qadar davom etadi.
Shoshiling! Xalqaro universitetlar tomonidan tan olinadigan SAT sertifikatlariga Prezident maktablaridan turib topshiring!
___
Yana bir muhim jihat: Ayni vaqtda SAT imtihonlari uchun boshqa mamlakatlarda ro‘yxatdan o‘tgan talabgorlar imtihon markazlarini qo‘shimcha to‘lov asosida O'zbekistonga o‘zgartirishlari mumkin.