"XIVA PREZIDENT MAKTABI" JAMOASI - "ZAKOVAT" INTELLEKTUAL O‘YINI G‘OLIBI

"XIVA PREZIDENT MAKTABI" JAMOASI - "ZAKOVAT" INTELLEKTUAL O‘YINI G‘OLIBI!

Bugun, 12-oktabr kuni Buxoro viloyati Romitan tumanidagi «Bukhara Desert Oasis» ekoturizm markazida "Zakovat" musobaqasining final bahsi bo'lib o'tdi. Unda Prezident Shavkat Mirziyoyev ham ishtirok etdi.

Finalda Xorazm va Navoiy jamoalari kuch sinashishdi. Yakuniy hisobga ko‘ra  Xorazm viloyatining "Xiva shahridagi Prezident maktabi" jamoasi g‘alaba qozondi!

G‘olib jamoa a'zolarining har biri bittadan Chevrolet Gentra avtomobili bilan taqdirlanishi ko‘zda tutilgan.