XIVA SHAHAR 2-SONLI IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTABI FOYDALANISHGA TOPSHIRILDI

Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Xiva shahar 2-son ixtisoslashtirilgan maktabining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. 

Unda Prezident talim muassasalari agentligi Xorazm viloyati hududiy bo‘limi boshlig‘i Sarvar Abdullayev, Xorazm viloyati hokimi vazifasini  bajaruvchi Jo‘rabek Rahimov,  viloyat hokimi o‘rinbosari San'at Salayev, Xiva shahar hokimi Temur Davletov hamda ota-onalar, keng jamoatchilik vakillari ishtirok etishdi. 

Ochilish marosimidan so‘ng mehmonlar maktabda yaratilgan sharoitlar bilan tanishib, o‘quvchilar bilan suhbatlashishdi. 

Malumot o‘rnida, mazkur maktab aniq fanlarga ixtisoslashtirilgan bo‘lib, bugungi kunda muassasada 284 nafar o‘quvchi ta'lim olmoqda