XORAZM VILOYATIDA YANA BIR IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTAB FOYDALANISHGA TOPSHIRILDI!

XORAZM VILOYATIDA YANA BIR IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTAB FOYDALANISHGA TOPSHIRILDI!

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagш Qo'shko'pir tuman ixtisoslashtirilgan maktabning ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Unda Xorazm viloyati hokimi o‘rinbosari San’at Salayev, Agentlik Xorazm viloyati hududiy bo‘limi boshlig‘i Sarvar Abdullayev, Qo‘shko‘pir tumani prokurori, adliya maslahatchisi Boburbek Matrasulov,  mehnat faxriysi Bakturdi Sobirov va jamoatchilik vakillari ishtirok etishdi.

Mehmonlar maktabda yaratilgan sharoit va imkoniyatlar bilan yaqindan tanishib, o‘quvchilar bilan suhbatlashdilar.

___

Ushbu maktab aniq va tabiiy fanlarga ixtisoslashtirilgan bo‘lib, unda bugungi kunda 326 nafar o‘quvchi tahsil olmoqda.