Yangi O'zbekiston universitetida Janubiy Koreyada amaliyot o'tash imkonini qo'lga kiritgan talabalarni taqdirlash marosimi bo'lib o'tdi

Bugun, 7-iyun kuni Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Yangi O'zbekiston universitetida Janubiy Koreyada amaliyot o'tash imkonini qo'lga kiritgan talabalarni taqdirlash marosimi bo'lib o'tdi.

Unda Prezident ta'lim muassasalari agentligi direktori Hilola Umarova, Koreya Respublikasining O‘zbekiston Respublikasidagi Elchixonasi huzuridagi harbiy attashesi, polkovnik Pak An So, “Olmaliq kon metallurgiya kombinati” AJ boshqaruvi raisi Abdulla Xursanovlar ishtirok etishdi.

Tadbir avvalida Agentlik rahbari Hilola Umarova so‘zga chiqib, talabalarni erishgan yutuqlari bilan tabrikladi va ularning keyingi faoliyatida zafarlar tiladi. Shundan so‘ng g‘olib jamoalar sertifikatlar bilan taqdirlandilar. 

Shu kunning o'zida Universitet va Olmaliq kon-metallurgiya kombinati aksiyadorlik jamiyati o‘rtasida o‘zaro hamkorlik memorandumi imzolandi.