“Yangi O‘zbekistonda erkin va farovon yashaylik!” hamda “Mening Prezidentim -  mening faxrim” tanlovlari nihoyasiga yetdi

Prezident ta’lim muassasalari agentligi hamda Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi bilan hamkorlikda agentlik tizimidagi ta’lim muassasalari o‘quvchilari va talabalari o‘rtasida o‘tkazilgan “Yangi O‘zbekistonda erkin va farovon yashaylik!” hamda “Mening Prezidentim -  mening faxrim” mavzularida ijodiy ishlar tanlovi nihoyasiga yetdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 14-apreldagi “Prezident ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi ixtisoslashtirilgan maktablar tarmog‘ini kengaytirish to‘g‘risida”gi PF-106-son Farmonida belgilangan vazifalarning ijrosini ta’minlash hamda talaba va o‘quvchi-yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga doir ishlar samaradorligini oshirish va faollashtirish, bu borada ta’lim-tarbiya ishlarini jadallashtirish, ularni milliy g‘oya va Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalash maqsadida o‘quvchi va talabalar o‘rtasida “Yangi O‘zbekistonda erkin va farovon yashaylik!” hamda “Mening Prezidentim -  mening faxrim” mavzusida ijodiy ishlar tanlovi o‘tkazildi.

Tanlovning birinchi (ta’lim muassasasi) bosqichi – ta’lim muassasalari talaba va o‘quvchi-yoshlari o‘rtasida - 15-apreldan 5-mayga qadar o‘tkazilishi, o‘quvchilar tomonidan tayyorlangan ijodiy ishlar saralanib va hakamlar hay’ati tomonidan tanlov shartlari va mezonlari asosida baholangandan so‘ng, faqat 1-o‘rinni olgan ijodiy ishlar ikkinchi (Agentlik) bosqichga tavsiya etilishi belgilangan edi. Nizom talablariga muvofiq, joriy yilning 10-mayiga qadar tizimdagi ta’lim muassasalaridan 1-bosqichda g‘olib deb topilgan ijodiy ishlar (27 ta) tanlovning 2-bosqichida ishtirok etish uchun kelib tushdi va ishchi guruh hamda Hakamlar hay’atiga taqdim etildi.

Tanlov natijadlariga muvofiq,

  • Mening Prezidentim – mening faxrim” mavzusida ijod maktablari o‘quvchilari o‘rtasidagi “Eng yaxshi she’r muallifi” yo‘nalishida:

1-o‘ringa: Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabining 10-sinf oʻquvchisi Akmaljon Abdurahmonov;

2-o‘ringa: Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining 11-sinf o‘quvchisi Sa’dullayev Bobomurod;

3-o‘ringa: Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabining 10-sinf o‘quvchisi Xudoyberdiyev Jamshid loyiq deb topildi

  • barcha maktablarning 5-8-sinf o‘quvchilari o‘rtasida “Eng yaxshi yozilgan insho” yo‘nalishida:

1-o‘ringa:  Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabining 8-sinf o‘quvchisi Yigitaliyeva Farangiz;

2-o‘ringa: Is’hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabining 8-sinf o‘quvchisi Abdumalikova Shoira;

3-o‘ringa: Muhammad Rizo Ogahiy nomidagi ijod maktabining 8-sinf o‘quvchisi Yangibayeva Nurhayot va Farg‘ona shahridagi Prezident maktabining 7-sinf o‘quvchisi Mo’sayeva  Shahrizoda loyiq deb topildi.

barcha maktablarning 9-11-sinf o‘quvchilari o‘rtasida “Eng yaxshi yozilgan esse” yo‘nalishida:

1-o‘ringa: Guliston shahridagi Prezident maktabining 10-sinf o‘quvchisi Alibekova Azizaxon;

2-o‘ringa: Namangan shahridagi Prezident maktabining 9-sinf o‘quvchisi Kukibayev Shohjahon;

3-o‘ringa:  Qarshi shahridagi Prezident maktabining 9-sinf o‘quvchisi Sayitova Afro‘za loyiq deb topildi.

barcha maktab o‘quvchilari hamda “Yangi O‘zbekiston” universiteti talabalari ishtirokidagi “Yangi O‘zbekiston yoshlar nigohida” nomli qo‘lda chizilgan rasmlar yo‘nalishida:

1-o‘ringa: Muhammad Rizo Ogahiy nomidagi ijod maktabining 9-sinf o‘quvchisi Rajabova Bibinur va Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabining 7-o‘quvchisi Mamadaliyeva Rayhona

2-o‘ringa: Qarshi shahridagi Prezident maktabining 7-sinf o‘quvchisi Fayzullayev Amirzoda

3-o‘ringa: Samarqand shahridagi Prezident maktabining 9-sinf o‘quvchisi Kazimova Sevara loyiq deb topildi.

 

Prezident va ixtisoslashtirilgan maktablarning 11-sinf o‘quvchilari hamda “Yangi O‘zbekiston” universiteti talabalari ishtirokida “Yangi O‘zbekiston – yangi imkoniyatlar” mavzusida maqolalar tanlovida:

1-o‘ringa: Namangan shahridagi Prezident maktabining 11-sinf o‘quvchisi   Ismoilov Musoxon;

2-o‘ringa: Mirzo Ulug‘bek nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabining 11-sinf o‘quvchisi Sodiqova Marjona;

3-o‘ringa: Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabining 11-sinf o‘quvchisi Saidmohirova Feruza loyiq deb topildi.