“Yangi Oʻzbekiston” universiteti professori doktor M.Uvazening ikkita ixtirosi Buyuk Britaniyada patentlashtirildi

Professorning birinchi ixtirosi soat shaklida boʻlib, u orqali Altsgeymer kasalligi bilan ogʻrigan bemorlar oʻzlarining salomatlik holati haqida xabardor boʻlib borishlari mumkin.

Ikkinchi ixtiro esa kameralarda maxsus tizim orqali biror shaxs yoki jismning xususiyatini batafsil aniqlashda yordam beradi.