"Yangi O‘zbekiston" universitetida GDG Tashkesnt-2021 festivalining offlayn qismiga start berildi

️Joriy yilning 11-12-dekabr kunlari Toshkentda GDG Tashkent (Google Developer Groups) kompaniyasi Prezident taʼlim muassasalari agentligi, Digital Generation Uzbekistan, shuningdek, “Yangi Oʻzbekiston” universiteti bilan hamkorlikda IT sohasi vakillari uchun navbatdagi DevFest Tashkent 2021 festival tashkil etildi.

11-dekabr kuni GDG DevFest Tashkent 2021 dasturchilar festivalining onlayn ochilish marosimi bo’lib  o’tdi

Onlayn festivalda xalqaro ekspertlarning Android 12, Flutter, Back-end, Web va App UX, FAANG va Googlega qanday qilib ishga kirish mumkinligi haqidagi fikrlari bilan tanishishdi.
Festivaldan ko'zlangan maqsad IT sohasida faoliyat yurituvchi mutaxassislar uchun hamkorlikda o'rganish va tajriba almashish muhitini shakllantirishdan iborat.

Google kompaniyasida ishlayotgan hamyurtimiz Nodir Nazarov onlayn tadbirda o'z taqdimoti bilan qatnashdi va qanday qilib xalqaro kompaniyaga ishga kirish mumkinligi va Google da ishlashning afzalliklari to'g'risida so'zlab berdi

Festivalning offlayn qismida, 12-dekabr kuni Yangi O'zbekiston Universitetida  bolib otdi.

Dilmurod Olimjonov, DevFest tashkilotchilaridan biri

-Prezident ta'lim muassasalari, Digital Generation Uzbekistan nodavlat notijoat muassasasi bilan hamkorlikda Prezident tashabbusi bilan ochilgan "Yangi O'zbekiston" universitetida Google Developer Groups dasturchilar festivalining offlayn qismi bo'lib o'tdi. Festivalni o'tkazishdan maqsad IT sohasida faoliyat yurituvchi mutaxassislar uchun hamjamiyat yaratish, o'rganish va tajriba almashish muhitini shakllantirishdan iborat.

GDG festival butun dunyo bo'ylab o'tkazilib kelinadi va bu yil yurtimizda ushbu festival gibrid shaklda ya'ni onlayn va offlayn tarzda bo'lib o'tmoqda. Kecha festivalning onlayn qismiga start berilgan bo'lib, unda 4000dan ortiq dasturchilar qamrab olindi. Unda Google kompaniyasida ishlaydigan xalqaro ekspertlar bilan IT sohasidagi so'nggi texnologiyalar bo'yicha suhbatlashdik. Tadbirning bugungi offlayn qismiga yurtimizdagi 1200dan ortiq dasturchilar, yirik IT kompaniyalar vakillari, oliy ta'lim muassasa talabalari qiziqish bildirishdi. Tadbirda Yevropadan tashrif buyurgan spikerlar ham bor.

Bugun ular kun davomida turli taqdimotlar, workshoplarda ishtirok etishi rejalashtirilgan, kela olmagan ishtirokchilar uchun esa jonli efirda ijtimoiy tarmoqlarda streamlar tashkil qilingan. O'ylaymizki, ushbu tadbirimiz barcha IT soha vakillari uchun juda samarali bo'ladi.

Nuriddin Iminoxunov, GDG Tashkent kompaniyasi tashkilotchisi va asoschisilaridan biri

DevFest festivali 2018-yildan buyon o'tkazilib kelinmoqda. Har yili mazkur tadbir Markaziy Osiyodagi eng katta dasturchilar festivali, deb e'tirof etiladi. 2021-yil ham bundan mustasno emas. Biz mazkur festival doirasida ko'plab xalqaro va mahalliy ekspertlar hamda yosh dasturchilarni qamrab olamiz.

DevFest destivallaridan ko'zlangan asosiy maqsad birgalikda o'rganish, o'sish va tajriba almashish hisoblanadi. Biz shu orqali dasturchilarni birlashtirib, mahalliy IT hamjamiyatlarini Markaziy Osiyo mintaqasi davlatlari bilan bog'laydigan o'ziga xos ko'prikka aylantirishga o'z hissamizni qo'shishni maqsad qilganmiz. 

Ta'kidlab o'tish lozim, bunday tadbirlar yosh dasturchilar uchun o'ziga xos motivatsiya hisoblanadi. Bu yerda 10 yildan ortiqroq vaqt davomida eng oldi jamoalarda faoliyat olib borayotgan IT mutaxassislari ishtirok etmoqda. Ularning fikri, maslahatlari hamda tajribasi IT sohasiga endi qadam qo'ygan dasturchilarni ruhlantirishiga aminman

GDG Tashkent-2021 festivalida ishtirokchilar uchun quyidagi mavzularda mahorat darslari bo'lib o'tdi:

- "Raqobatbardosh dasturlash" (Asadullo Ganiev, Finnet technologies)
-  "iOS dasturchisi uchun Yevropada karyera" (Asilbek Isakov, MashApp);
- "Flutterni nega o'rganish kerak?"(Saud Abdulwahed, Najot Ta’lim)
- "ART tarixi: 13 yilda Android qanchalik o'zgardi?" (Yusuf Abdullaev, Super Unlimited Inc)
- "Mini express ramkangizni noldan  yarating" (Munira Begmuratova, TopTal)
- "Dizayn biznesga qanday ta'sir ko'rsatadi?" (Nurali Pardaev, Ozon.ru)
- "Flutter Hero Animations" (Sardor Islomov, GDE Flutter)
- "UX qayerda zararlangani qanday topiladi?"(Yolkinkhuja Alimov, Super Dispatch)
- "Front-enderga docker nega kerak?" (Alex Kulagin, Epam)
- "Golang bilan olti burchak arxitektura" (Madiyor Abdukhashimov, Voxe Digital)
- "Angular App Performance Optimization"(Ulug’bek Samigjonov, TopTal)
- "UX/UI: mobil ilovani qayta loyihalash" (Azizbek Matchanov, Dostonxon Ozodxo'jaev, Super Dispatch, BILLZ)