"Zamin Creative" endi ijod maktabida

"Zamin" xalqaro jamoat fondi Vasiylik kengashi raisi Ziroat Mirziyoyeva Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabiga tashrif buyurdi. Bu yerda fondning “Zamin Creative” loyihasi taqdimoti bo‘lib o‘tdi. 

Loyiha doirasida ijod maktabida mediasavodxonlik, dizayn, teatr san'ati yo'nalishlarida ijodiy studiyalar tashkil etilgan.

 “Zamin Creative” loyihasi har bir inson o‘zaro muloqot qilish, ijodiy ko‘nikma va yangi kasblarni egallashi mumkin bo‘lgan inklyuziv muhit yaratishni maqsad qilgan.

“Zamin Creative” studiyalari istiqbolda Toshkent, Namangan, Farg‘ona, Andijon, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida ham ochilishi rejalashtirilgan.