Nurafshon shahridagi Prezident maktabi oʻquvchisi xorijning nufuzli universitetiga 100 foizlik grant asosida oʻqishga qabul qilindi.
Prezident maktabining 11-sinf oʻquvchisi Jahongirbek Abdualimov Qatar davlatida joylashgan Carnegie Mellon universitetida taʼlim olish uchun toʻliq grantni qoʻlga kiritdi.
Ma’lumot o‘rnida, Jahongirbek Abdualimov IELTSdan 8 ball hamda SATdan 1510 ball ko‘rsatkichlariga ega boʻlgan.
Oʻquvchimizning kelgusidagi oʻqish va ishlarida ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz!