57-Xalqaro Mendeleyev olimpiadasida 7 nafar o‘quvchilarimiz g’oliblikni qo‘lga kiritishdi!

57-Xalqaro Mendeleyev olimpiadasida 7 nafar o‘quvchilarimiz g’oliblikni qo‘lga kiritishdi!

Bugun, 6-may kuni Qozog'istonning Ostona shahrida bo'lib o'tayotgan 57-Xalqaro Mendeleev olimpiadasining taqdirlash marosimi bo'lib o'tdi (https://t.me/uzedu/21313?single). 

 Bu yilgi olimpiadada dunyoning 21 davlatidan tashrif buyurgan 113 nafar iqtidorli o'quvchilar o’zaro kuch sinashishdi. 

❗️ Olimpiadaning yakuniy natijalariga ko'ra yurtimiz o'quvchilari 🥇2 ta oltin, 🥈3 ta kumush va🥉2 ta bronza medalni qo‘lga kiritishdi! 

G’oliblarimiz bilan tanishing:

🥇Nazarov Azizbek - Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning 11-sinf o‘quvchisi - oltin medal;

🥇 Mahmudov Abdulloh - Uchtepa tumanidagi 81-maktabning 10-sinf o'quvchisi - oltin medal;

🥈 Dilmurodov Sohibjon - Toshkent shahridagi Prezident maktabining 10-sinf o‘quvchisi - kumush medal;

🥈Rahimov Daler - Buxoro shahridagi 35-maktabning 9-sinf o'quvchisi - kumush medal;

🥈Karimov Azizbek - Uchtepa tumanidagi 81-maktabning 11-sinf o'quvchisi - kumush medal;

🥉Hafizov Azizbek - Buxoro davlat tibbiyot instituti akademik litseyi 2-bosqich o'quvchisi - bronza medal;

🥉Hakimova Shahzoda - Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning 11-sinf o‘quvchisi - bronza medal.

✔️Mazkur g'alaba bilan o'quvchilarimizni, ularning ustozlarini hamda ota-onalarini samimiy muborakbod etamiz!