Agentligimiz tizimidagi Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab direktori Kamolov Jamoliddin Sayfiddinovichning mehnat faoliyati haqida quyida tanishishingiz mumkin:

#bizning_shunday_oʻqituvchilarimiz_bor
#Ixtisoslashtirilgan_maktab
#ustozlar_kuni

🟢 Agentligimiz tizimidagi Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab direktori Kamolov Jamoliddin Sayfiddinovichning mehnat faoliyati haqida quyida tanishishingiz mumkin:

✅ O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzurida Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasini tamomlagan;
✅Texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD);
✅ II darajali “Sog‘lom avlod uchun” ordeni sohibi;
✅ “Xalq ta’limi fidoyisi” va “Xalq ta’limi a’lochisi”  ko‘krak nishoni sohibi;
✅ “O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligi”ning 30 yilligi esdalik nishoni bilan taqdirlangan;
✅ Ta’lim sifati samaradorligini yanada oshirishga maqsadida maktabda  “Tengdosh-tengdoshga”, “Aqliy hujum – mustahkam bilim” ijtimoiy loyihalarini, “Qayta topshirish”, “Ekspress test” sinovlari va o‘quvchilari o‘rtasidagi “INNOVUM” onlayn-olimpiadasini tashkillashtirgan; 
✅ O‘quvchilar o‘rtasida sog‘lom raqobatni va liderlikni shakllantirishga qaratilgan “Maktab o‘quvchilar boshqaruvida”, “Direktor soati” kabi ko‘plab metodik qo‘llanmalar va tavsiyalar muallifi;
✅ 38 dan ortiq ilmiy-metodik maqola, tezis va o‘quv dasturlari, 2 ta o‘quv qo‘llanma, 5 ta metodik tavsiyanoma muallifi;
✅40 dan ortiq respublika va xalqaro konferensiyalar ma’ruzachisi;
✅2022-yildan buyon 2 nafar tadqiqotchining ilmiy ishiga rahbarlik qilib kelmoqda.

⚡️  Uning o‘quvchilari 2019-2023- yillar davomida qator muvaffaqiyatlarga erishib kelishmoqda:

 (https://t.me/piimauz/11487)✅Mahalliy fan olimpiadalarda – I-o‘rin - 7 ta,  II-o‘rin - 10 ta,  III-o‘rin - 15 ta;
✅Xalqaro fan olimpiadalarda – 5 ta - oltin, 11 ta – kumush, 4 ta – bronza medallari sohibi bo‘lishgan.

📍Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab

💫 O'qituvchimizning kelgusidagi ishlarida omad va ulkan zafarlar hamrohligini tilaymiz!