Agentligimiz tizimidagi Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi o'quvchilari Ibroyim Yusupov nomidagi ijod maktabi bilan yaqindan tanishish va tajriba almashish maqsadida Nukus shahriga borgan edi. 

#ijodiy_hamkorlik
#2_kun

Xabar berganimizdek, Agentligimiz tizimidagi Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi o'quvchilari Ibroyim Yusupov nomidagi ijod maktabi bilan yaqindan tanishish va tajriba almashish maqsadida Nukus shahriga borgan edi. 
 O'quvchilar ijod maktabi bilan yaqindan tanishish bilan bir qatorda Xo'jayli tumanidagi tarixiy obidalar, muqaddas qadamjolarni ziyorat qilishdi.

Qoraqalpog'iston davlat san'at muzeyi, Qoraqalpog'iston davlat tarix muzeyi, Berdaq nomidagi Qoraqalpoq adabiyoti tarixi davlat muzeylarida bo'lib, u yerdagi qoraqalpoq xalqining tarixi, madaniyati, urf-odatlari, san'at namunalari bilan tanishib, unutilmas taassurotlarga ega bo'lishdi.