Agentligimiz tizimidagi Is’hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi oliy toifali ona tili va adabiyoti fani o‘qituvchisi,

#bizning_shunday_oʻqituvchilarimiz_bor
#ijod_maktabi 
#ustozlar_kuni

⚡️ Agentligimiz tizimidagi Is’hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi oliy toifali ona tili va adabiyoti fani o‘qituvchisi, 42 yillik mehnat faoliyatiga ega pedagog, "Xalq ta’limi a’lochisi"- Rohila Vohidovaning mehnat faoliyati haqida quyida tanishishingiz mumkin:

 ✅“Ijodkor o’qituvchi -2022” anjumanida faol ishtirok etib, Yozuvchilar uyushmasi sertifikati bilan taqdirlangan;
✅ “Ustoz-2022“ milliy mukofoti tanlovining 1 va 2-bosqichlarida muvaffaqiyatli ishtiroki uchun “Tashakkurnoma” bilan taqdirlangan;
✅ 10 dan ziyod turli mavzudagi dars ishlanmalari ommalashtirilgan;
✅ 20 dan ortiq maqola va metodik tavsiyalari gazeta va jurnallarda bosib chiqarilgan;
✅ 10 dan ortiq ilmiy maqolalari bilan mintaqaviy konferensiyalarda ishtirok etgan.

  Uning o‘quvchilari qator muvaffaqiyatlarga erishib kelmoqda:

➖ 2022-2023 yillarda o’quvchisi Olimjonova Iforaning bir qator nazm yo‘nalishidagi kitoblari nashr qilindi hamda maqolalari xorijiy va milliy jurnallarda chop etildi;
➖ 2022-2023 yillarda oʻquvchisi Rustamjonova Odinaning birinchi “Oy shulasi” nomli ilk to’plami nashr qilindi.