AGENTLIK DIREKTORINING SAYYOR QABULI OʻTKAZILDI

#sayyor_qabul 
#Andijon_viloyati

 Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi direktori Alisher Ubbiyev Andijon shahridagi Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabida sayyor qabul oʻtkazdi. 

Sayyor qabul davomida murojaatlarning aksariyatiga joyida yechim topildi. Yechimi vaqt talab qiladigan masalalar yuzasidan esa tegishli mas’ullarga topshiriq va ko‘rsatmalar berilib, ularni nazoratga olish belgilandi.

Shuningdek, Agentlik direktori Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi, Andijon shahar 2-son ixtisoslashtirilgan maktabi oʻquvchilari bilan uchrashib, yoshlarning ilmiy-ijodiy rejalari, istiqbolli loyihalari, innovatsion ishlanmalari bilan yaqindan tanishdi. 

A.Ubbiyev Andijon viloyatiga safari davomida Asosiy olimpiadaning xorijiy tillar boʻyicha Respublika bosqichining taqdirlash marosimida ham ishtirok etdi.