Agentlik tizimidagi ixtisoslashtirilgan maktablarda korrupsiyaga qarshi kurash tadbirlari davom etmoqda

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M. Mirziyoyev rahbarligida 2021 yil 10-sentabr kuni  o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishining 44 - sonli bаyoni 29-bandida belgilangan vazifalar ijrosini ta'minlash maqsadida 2021 yil 9-dekabr kuni Аbu Аli ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabga “O‘zbektelekom” telekommunikatsiya va transport tarmog‘i filiali vakillari tashrif buyurishdi. 

Mehmonlar maktab faoliyati va erishilgan natijalar bilan yaqindan tanishdilar. O‘quvchilar bilan o‘tkazilgan ochiq muloqot jarayonida “O‘zbektelekom” TTT tomonidan amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, yangi va innovatsion loyihalar taqdimoti bo'lib o'tdi.

Mehmonlar ochiq muloqot yakunida o‘quvchilarning   qiziqtirgan savollariga javob berdilar.  Uchrashuv o‘ta qizg‘in va do‘stona munosabatda yakunlandi.

“O‘zbektelekom” telekommunikatsiya va transport tarmog‘i filiali va Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab o‘rtasida o‘zaro hamkorlik Memorandumi imzolandi.