Agentlik tomonidan talabgor-o’quvchilarga maktablarning bir nechtasiga hujjat topshirish imkoniyati yaratilgan bo’lib, nomzodlar ushbu imkoniyatdan qay darajada foydalanganini aniqlash maqsadida 16-iyul kuni so’rovnoma o‘tkazildi.
Unda 6353 kishi ishtirok etdi. Ishtirokchilarning javoblari esa quyidagicha:
-Prezident maktabi va yangi tashkil etilgan ixtisoslashtirilgan maktabga topshirdim - 34,9 %
-Prezident maktabi va Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabga hujjat topshirdim - 11,2%
- Abu Ali ibn Sino va Mirzo Ulug'bek nomidagi ixtisoslashtirilgan maktablarga hujjat topshirdim- 4,9 %
-Ijod maktabi va tayanch ixtisoslashtirilgan maktablarga hujjat topshirdim - 2,9%
-Faqat Prezident maktabiga hujjat topshirdim - 5,5%
- Faqat yangi tashkil etilgan ixtisoslashtirilgan maktablarga hujjat topshirdim - 38%
-Faqat ijod maktabiga hujjat topshirdim - 2,6%