Bolqon Matematika Olimpiadasida  ishtirok etayotgan o’quvchilar 4 ta bronza medalini qo'lga kiritdi

#xushxabar
#Olimpiada
#Matematika

🥉 Bolqon Matematika Olimpiadasida  ishtirok etayotgan o’quvchilar 4 ta bronza medalini qo'lga kiritdi

⚡️Joriy yilning 8-13-may kunlari Turkiyaning Antaliya shahrida tashkil etilgan 40-Bolqon Matematika olimpiadasida O’zbekiston o'quvchilari 4 ta bronza medali sohibi bo'ldi.

G'olib o‘quvchilar:

🥉Raxmatov Anvarbek - Buxoro viloyati,  Qorako‘l tumani, IMA IM 11-sinf o‘quvchisi;
🥉Axtamov Ozodbek -Toshkent shahar, Al-Xorazmiy maktabi  9-sinf o‘quvchisi;
🥉Sadulloyev Anvarbek -Buxoro viloyati, Peshku tumani, 18 -maktab, 11-sinf o‘quvchisi;
🥉Maksudov Behzod -Xorazm viloyati, Urganch shahar, 6-IMI 11-sinf o‘quvchisi;

⏰ Eslatib o'tamiz, O’zbekiston terma jamoasi mazkur xalqaro olimpiadada birinchi marta ishtirok etmoqda.